U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston penaltilar seriyasida Xitoyga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3840

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi chorak finalida Xitoyga qarshi maydonga tushdi.
O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlari 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida xitoyliklar aniqroq harakat qilishdi - 4:2.
Yarim finalda Xitoy BAAni enggan Vetnam bilan to'qnash keladi.
U-23 Osiyo kubogi. Chorak final
17 yanvar, 16:30
O'zbekiston - Xitoy - 0:0
Penaltilar seriyasida: 2:4
O'zbekiston U-23: Samandar Muratbaev, Saidxon Xamidov, G'iyosjon Rizakulov, Ravshan Xayrullaev, Sardor Bahromov, Saidumarxon Saidnurullaev, Asilbek Jumaev, Azizbek To'lqinbekov (Rustam Fomin, 86), Behruz Karimov, Amirbek Saidov (Abdug'afur Haydarov,114) Dilshod Abdullaev
Ogohlantirishlar: Sardor Bahromov (O'zbekiston) 44, Xu Bin (Xitoy) 49, Vang Yudong (Xitoy) 51, Yang Xaoyu (Xitoy) 79

Bosh sahifaga
280