"Atletiko" "Yuventus" futbolchisi orqali yarim himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3464

Madridning "Atletiko" klubi "Yuventus" va AQSh terma jamoasining 27 yoshli markaziy yarim himoyachisi Ueston Makkenni bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jakobs xabar berdi.
Insayder ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transferi 10 mln evroga baholanmoqda. Turinliklar bilan amaldagi kelishuv kelasi yozda yakuniga etadi.
Makkenni 2021 yildan beri "Yuventus"ga tegishli. U bu mavsumda A Seriyada 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331