"Chelsi" 20 yoshli himoyachi transferi uchun 50 million evro sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4178

"Chelsi" va "Renn" Jeremi Jake transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, 20 yoshli himoyachiga London klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Dastlabki muhokamalar chog'ida "ko'klar" rahbariyati taxminan 50 million evro berishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar beradi RMC Sport. Shu bilan birga, hali rasmiy takliflar bo'lmagan.
Qayd etilishicha, "Chelsi"da himoyani kuchaytirish uchun boshqa nomzodlar ham bor, biroq Jake short-listda birinchi o'rinda bormoqda. "Renn" futbolchi uchun 60 million evrodan ko'proq pul olishni istamoqda.
Joriy mavsumda Jeremi Liga 1da 16ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338