"Real" muxlislari jamoa futbolchilarini hushtakbozlik bilan kutib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7740

"Levante"ga qarshi o'yin oldidan "Real" futbolchilariga hushtakbozlik qilindi.
Jamoalar La Liganing 20-turidan o'rin olgan uchrashuvda maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Madrid jamoasi futbolchilari chigalyozdi mashg'ulotlariga chiqqanida "Santyago Bernabeu"dagi muxlislar ularga hushtakbozlik qilishdi. Avvalroq "Real" Ispaniya Kubogida "Albasete"ga yutqazib (2:3), mamlakat Superkubogi finalida "Barselona"ga imkoniyatni boy bergandi (2:3).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402