"Roma" futbolchisining navbatdagi manzili Angliya bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4369

Yarim himoyachi Edoardo Bove "Roma"ni tark etdi.
Rim klubi tomonlar kelishuviga ko'ra 23 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi. Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, futbolchi "Uotford"ga o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilning dekabr oyida "Fiorentina" safida ijara asosida to'p tepayotgan xavbek "Inter"ga qarshi o'yinda maydonga yiqilib, hushidan ketgandi. Keyinchalik Bove yuragi bilan bog'liq muammolarga duch kelgani ma'lum bo'ldi.
Edoardo operatsiya qilindi, unga teri osti defibrillyatori o'rnatilgani sabab Italiyada o'ynash taqiqlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403