Gexi qachon "Manchester Siti" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4218

Himoyachi Mark Gexi dam olish kunlari yakuniga qadar "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi "shaharliklar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va yakshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Manbaga ko'ra, "Kristal Pelas" va "Manchester Siti" juma kuni Gexi transferi uchun 20 million funt (taxminan 23 million evro) va o'yinlar soniga qarab bonuslar to'lash bo'yicha kelishib olgan. Shuningdek, kelishuvda "burgutlar" uchun futbolchining keyingi transferi summasidan foiz ko'rsatilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403