Grinvud La Liga grandi safini to'ldirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3059

Frantsiyaning "Marsel" klubi hujumchisi Meyson Grinvud Ispaniya La Ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.
Topskills Sports UK nashrining xabar berishicha, "Atletiko" Madrid klubi "Marsel" bilan bog'lanib, yozgi transferlar davrida Grinvudni o'z safiga qo'shib olish niyatida ekanligini ma'lum qilgan. Grinvud o'ziga bo'lgan qiziqishlarga qaramay, "Marsel"ni tark etishga shoshilmayapti. Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchining xaridi "matraschilar"ga 100 million evroga tushishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Marsel" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
355