Trampning siyosiy rejalari sabab Germaniya JChni boykot qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4708

Germaniya 2026 yilgi jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Germaniya kantsleri Fridrix Mersning yaqin safdoshi bo'lgan Yurgen Xardt ma'lum qildi.
Nemislar AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazorat o'rnatish rejalariga keskin munosabat bildirmoqda. Aynan shu Germaniya tomonidan mundialni boykot qilishga olib kelishi mumkin, deb yozadi Welt.
Shu bilan birga, Xardt jahon chempionatini boykot qilish "oxirgi chora" ekanligini ta'kidladi.
2026 yilning yozida jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Jahon kubogini Argentina terma jamoasi himoya qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359