«Surxon» Behruz Jumatovning transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1841

«Surxon» safiga yana bir iqtidorli va yosh futbolchi qo'shildi. Endi termizliklar safida Behruz Jumatov to'p suradi.
U 19 yoshda, markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi, shuningdek, himoya qanotlarida ham harakatlana oladi. Futbolchi Odil Ahmedov Akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, avval «Olimpik»da o'ynagan va o'tgan mavsumni Jizzaxning «So'g'diyona» jamoasida o'tkazgan.
Ta'kidlash joizki, Jumatov o'z yoshidagi eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi. U O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 20ta o'yin o'tkazgan va shundan so'ng Evropa klublarining e'tiborini tortgan.
«Surxon» va Jumatov o'rtasida 1 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Behruz Jumatov
Tug'ilgan sana: 13.02.2006
Fuqaroligi: O'zbekiston
Amplua: markaziy himoyachi
O'ynagan klublari
2023-2024 - Olimpiya
2024 - Olimpik
2025 - So'g'diyona.

Bosh sahifaga
323