Foden: «U aql bovar qilmas iste'dod sohibi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8359

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden klubga yangi kelgan hujumchi Antuan Semenoning iqtidorini baholadi.
"Jismoniy kuch va individual harakatlardagi tezlik, to'pni ushlab turish qobiliyati - u ikkala oyog'ida ham juda yaxshi o'ynaydi. U aql bovar qilmaydigan iste'dod va jamoamizdagi faoliyati ajoyib boshlandi, umid qilamanki, shunday davom etadi. Jamoa do'stona va moslashish oson, shuning uchun u tezda o'zini ko'rsata oldi", - deya Fodenning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.
Semeno 75 million evro evaziga "Bornmut"dan "shaharliklar" safiga o'tdi. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli futbolchi 20 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
319