Luis Enrike «Barsa» futbolchisining transferi haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

Evropa matbuotida Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki 18 yoshli Pedro (Dro) Fernandes Frantsiyaning "PSJ" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlar parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikega "ko'k-anorranglilar" futbolchisining ehtimoliy transferi bo'yicha savol berishdi.
"PSJ" chindan ham Fernandesni o'z safiga qo'shib olmoqchimi? Bilmadim, menda javob yo'q," - dedi mutaxassis va matbuot anjumanini tark etdi.
Avvalroq, matbuotda umidli yarim himoyachi qishki transfer oynasida "Barselona"ni tark etmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning tovon puli olti million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247