Agent: "Bir kun kelib Donnarumma A Seriyaga qaytadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 534

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Entso Rayola mijozining kelajagi haqida gapirdi.
Funktsioner italiyalik darvozabonning vataniga qaytishi deyarli muqarrar ekanini tan oldi.
"Bir kun kelib Jijo A Seriyaga qaytadi, ammo hozir u bor e'tiborini "Manchester Siti"ga qaratgan. Donnarumma hozirgi klubini ajoyib va juda qiziqarli loyiha deb hisoblaydi, u maydonda o'zini ajoyib tarzda ko'rsatmoqda," - deya Entso Rayolaning so'zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.
Janluiji Donnarumma sentyabr oyida "PSJ"dan "shaharliklar" safiga qo'shilgandi. Kiperning shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326