Gexi nima sababdan "Liverpul" variantini rad etgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi tez orada "Manchester Siti" futbolchisiga aylanadi.
Indykaila News xabariga ko'ra, Gexi "Liverpul" vakillari bilan suhbatdan so'ng kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan. Manbaga ko'ra, Gexi mersisaydliklardan Arne Slot keyingi mavsumda ham bosh murabbiy lavozimida qolish-qolmasligi haqida so'ragan va unga klub aniq javob bermagan.
Ta'kidlanishicha, "Manchester Siti" joriy transferlar davrida ikkinchi marta "Liverpul"dagi noaniqlikdan foydalanib qoldi. Ular avvaliga Antuan Semeno, endi esa Mark Gexini o'z safiga qo'shib oldi. Ikkala futbolchi ham avvaliga "qizillar" safiga o'tishni ma'qul ko'rishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
333