"Yuventus" Maldini bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 485

Joriy qishdayoq Daniel Maldini Turinning "Yuventus" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist Janluka di Martsio.
"Yuventus" "Kristal Pelas"dan Matetani sotib olishni juda xohlamoqda, ammo Daniel Maldini varianti ham bor, unga ham "Yuventus" juda jiddiy qiziqmoqda", - deb yozdi Janluka di Martsio ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, Maldini avvalroq "Milan"da to'p tepgan, ammo keyinchalik "Spetsiya", "Montsa" va hatto "Empoli"da ijarada o'ynagan. U "Atalanta"ga o'tgan yozda ko'chib o'tgandi. Endi u yana top-klub a'zosiga aylanishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357