Professional boks. Ruslan Abdullaev navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 498

Bokschimiz Ruslan Abdullaev bugun AQShning Kaliforniya shtatida Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jang kechasida ringa ko'tarildi.
U urugvaylik Eduardo Xavier Abreuga qarshi bahs olib bordi. Kutilganidek iste'dodli bokschimiz raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi. 8 raundlik jangning 5- raundida nokdaundan so'ng raqib tura oldi, ammo keyingi berilgan ketma-ket zarbalarga dosh bera olmadi va referi uni chuqur nokautdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, yurtdoshimiz professional boksdagi 4-jangida ham zafar quchib, g'alabali seriyasini davom ettirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343