"Manchester Yunayted" murabbiyligi uchun favorit aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

Kuni kecha Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ni qabul qilib oldi va mavsum yakuniga qadar jamoa bilan ishlaydi. Yozda esa "qizil iblislar" yanada tajribali murabbiyni tayinlashi kutilmoqda.
"Manchester Yunayted"ni yozda hozirda "Kristal Pelas"ni boshqarayotgan Oliver Glasner qabul qilib olishi mumkin. Matbuot anchadan beri avstriyalikni mankunianlar bilan bog'lab keladi.
"Oliver Glasner "Manchester Yunayted"ning navbatdagi bosh murabbiyi lavozimi uchun yaqqol favoritga aylandi," - deb boshlanadi The Standard sahifalaridagi maqola.
Kecha Oliver Glasner mavsum yakunida "burgutlar"ni tark etishini aytgandi.
Glasner bilan "Kristal Pelas" 2025 yilda Angliya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354