"Chelsi" Gexining "Manchester Siti"ga transferidan keyin pul oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

"Manchester Siti" tarkibiga yaqin kelajakda himoyachi Mark Gexi kelib qo'shiladi. "Kristal Pelas"ning 25 yoshli futbolchisi transferi haqida ko'plab insayderlar yozmoqda, ammo moliyaviy shartlar turlicha ko'rsatilgan.
Goal portali xabariga ko'ra, Gexi transferi uchun "Chelsi" ham pul ishlab oladi. 2021 yilda "aristokratlar" "Kristal Pelas" himoyachisini sotganida, kelishuvda alohida band bor edi. Unga ko'ra, "Chelsi" Gexining keyingi transferi summasining 20 foizini olishi kerak.
Shu tariqa, "Kristal Pelas" Angliya terma jamoasi himoyachisi transferidan keladigan daromadning beshdan bir qismini "Chelsi" bilan bo'lishishiga to'g'ri keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339