Sebalosga APL klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos "Aston Villa"ning ehtimoliy transfer maqsadi hisoblanadi.
Birmingem klubi "Atletiko"dan Konor Gallaxerga da'vogar edi, ammo "Chelsi" tarbiyalanuvchisi uchun kurashda "Tottenxem" g'alaba qozondi. talkSPORT xabariga ko'ra, "Villa" "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushadigan Sebalos nomzodiga o'tishi mumkin. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining narxini 8 mln evroga baholamoqda.
Dani Sebalos joriy mavsumda "Real"ning 17ta o'yinida qatnashib, samarali harakat qilmadi. 29 yoshli xavbekning amaldagi mehnat shartnomasi bir yarim yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338