Dembele Liga 1da 40-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395

Frantsiya chempionatida o'n sakkizinchi tur o'yinlari start oldi, "PSJ" "Lill" darvozasiga javobsiz 3ta to'p kiritdi. Ulardan ikkitasini "Oltin to'p" sohibi hujumkor yarim himoyachi Usmon Dembele o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Ma'lum bo'lishicha, shu tariqa u Frantsiya chempionatidagi umumiy gollari sonini 40 taga etkazib olgan. Ulardan yigirma bittasini o'ng oyog'i bilan, o'n ettitasini chap oyog'i bilan, yana ikkitasini boshi bilan urdi.
Eslatib o'tamiz, Usmon Dembele Parij klubiga 2023 yilning yozida Kataloniyaning "Barselona" klubidan ko'chib o'tgan edi. U o'tmishda Dortmundning "Borussiya"sida ham o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303