"PSJ" "Barselona" futbolchisiga taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320

Taniqli insayder Fabritsio Romano "PSJ" "Barselona" yarim himoyachisi Pedro (Dro) Fernandesga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
Avvalroq, Ispaniya OAVlari 18 yoshli futbolchi jamoadoshlariga tez orada "PSJ"ga o'tishi haqida xabar berganini ma'lum qilgandi. Romanoning ta'kidlashicha, frantsuz grandi haqiqatan ham istiqbolli ispanga taklif bilan murojaat qilgan. Tomonlar o'rtasida muzokaralar allaqachon olib borilmoqda. Parijliklar futbolchini 6 mln evroga sotib olishi mumkin - uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasida aynan shunday tovon puli ko'rsatilgan.
Insayder Droning joriy oyda Kataloniya klubini tark etmoqchi ekani haqidagi ma'lumotni ham tasdiqladi.
Barcha fikrlar: 1

Salom
17 Yanvar 2026, 08:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310