Dovbik operatsiya o'tkazishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Artyom Dovbik jarohat sabab ikki oyga safdan chiqqani haqida xabar bergan edik. Ma'lum bo'lishicha, Dovbik operatsiya qilinadi - bunday qarorni futbolchining o'zi qabul qilgan.
Bu shuni anglatadiki, tiklanish muddati dastlab aytilgan ikki oydan ham ko'proq vaqtga cho'zilishi mumkin. Dovbik joriy mavsum Italiya chempionatida o'n uchta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi.
Hozirda "Roma" Italiya A Seriyasi musobaqa jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Klub keyingi turda "Torino"ga qarshi maydonga tushadi. Bu 18 yanvar, yakshanba kuni sodir bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304