Jeko Parijga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

"Parij" "Fiorentina" hujumchisi Edin Jekoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Frantsiyaning L’Equipe nashri.
Manbaga ko'ra, parijliklar allaqachon 39 yoshli bosniyalik bilan muzokara o'tkazgan. Avvalroq, "Parij" ustozi Stefan Jilli Jeko bilan Bosniya va Gertsegovina terma jamoasida ishlagan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 1,5 million evroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Bu mavsumda Jeko barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305