Jermen faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Monako" safida 2017 yilgi Frantsiya chempioni Valer Jermen 16 yanvar, juma kuni Canal+ efirida 35 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
"Men juda omadliman va so'nggi bir necha yil ichida ajoyib karera, ajoyib hayot va oilaviy tajribaga ega bo'ldim. Davom etish vaqti keldi. Faoliyatimni yakunlaganimni rasman e'lon qilaman. Men bu haqda bir necha hafta o'yladim va bugun shu qarorga kelyapman," - dedi Jermen.
Jermen "Monako" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u "Nitstsa," "Marsel," "Monpele," "Makartur" va "Xirosima" klublarida ham o'ynagan.
Uning hisobida kattalar futbolida 569 ta o'yin, 139 ta gol va 58 ta golli uzatma bor. Shuningdek, u Frantsiya yoshlar terma jamoasi safida 5 ta o'yin o'tkazgan.

Bosh sahifaga
303