"Espanol" muxlislari "Jirona" darvozaboniga suv idishlar otishgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

"Espanol" muxlislari Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan o'yin oxirida "Jirona" darvozaboni Paulo Gassaniga turli narsalar uloqtirdi. Otilgan idishlardan biri 34 yoshli argentinalikning boshiga tekkan, shundan so'ng maydonda kichik janjal boshlangan.
- Men kulyapman. Bunaqasi faqat "Espanol"da bo'ladi. Gassaniga muxlislarni g'azablantirmoqda va hech narsa sodir bo'lmayapti," - dedi o'yindan keyin "Espanol" ustozi Manolo Gonsales.
Uchrashuv "Jirona"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Jirona" ochkolarini 24taga etkazib, La Liga turnir jadvalida 9-o'ringa ko'tarilib oldi. "Espanol" 34 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307