"Chelsi" "Renn"dan 20 yoshli Jakega qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

"Chelsi" hafta boshidan buyon yangi markaziy himoyachi sotib olish bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog'ida insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, "Renn" a'zosi 20 yoshli Jeremi Jake London klubi short-listidan o'rin olgan. U o'tgan yozdan buyon ushbu transfer uchun uch nomzoddan biri bo'lib turibdi. Tez orada qaror qabul qilinadi.
Bu mavsumda Jake barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306