La Liga. Kataloniya derbisida yana «Espanol» mag'lub (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan "Espanol" - "Jirona" o'yinida mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yin "Cornella El Prat" stadionida bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'lim so'ngida Vladislav Vanat penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim oxirida u dublni amalga oshirdi.
"Jirona" ochkolarini 24taga etkazib, La Liga turnir jadvalida 9-o'ringa ko'tarilib oldi. "Espanol" 34 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda.
Espanol - Jirona - 0:2
Gollar: Vanat, 45+3 - penaltidan (0:1). Vanat, 90+3 - penaltidan (0:2)
Espanol: Dmitrovich, Kalero, Kabrera, Romero, El Xilali (Sanches, 56), Gonsales de Sarate, Pol Losano (A. Roka, 81), Eksposito (Terrats, 56), Pere Milya (Kike Garsiya, 70), Dolan (Karreras, 46), Fernandes
Jirona: Gassaniga, Vitor Reys, Blind, Moreno, Rinkon, Martines, Martin, Lemar (Franses, 73), Xil (Asprilya, 73), Tsiigankov (X. Roka, 82), Vanat
Ogohlantirishlar: El Xilali, 45. Sanches, 76. Karreras, 81. A. Roka, 82. Romero, 89 - Martines, 31. Xordana, 69. Gassaniga, 76. Moreno, 87. Vanat, 89
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
311