Liga 1. «PSJ» «Lill» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Frantsiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Lill"ga qarshi bahsda "PSJ" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida "Oltin to'p-2025" sohibi Usmon Dembele hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida u dubl qayd etib, parijliklarning ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunida Bredli Barkolya hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.
"PSJ" ochkolarini 42 taga etkazib, peshqadamga aylanib oldi. "Lill" 32 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.
PSJ - Lill - 3:0
Gollar: Dembele, 13 (1:0). Dembele, 64 (2:0). Barkolya, 90+3 (3:0)
PSJ: Shevale, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Zair-Emeri, Vitinya, Ruis, Mayulu (Zabarniiy, 46), Kvaratsxeliya (Barkolya, 63), Due (Ernandez, 84), Dembele (Ramush, 76)
Lill: Berke Ozer, Mandi, Ngoy, Perro, Tiagu Santush (Mene, 87), Bentaleb, Mukau (Saxraui, 77), Buaddi, Xaraldsson (Korreya, 89), Mbappe (Broxolm, 77), Jiru (Diaun, 77)
Ogohlantirishlar: Xaraldsson, 62
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
311