Frantsiya terma jamoasi Zidan tomon rasmiy qadamlar tashladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19097

Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) Zinedin Zidanni mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash bo'yicha rasmiy qadamlarni boshladi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar maxfiy tarzda olib borilmoqda va ayni paytda dastlabki bosqichda turibdi. Bunday darajadagi mutaxassisni tayinlash bir qator masalalar bo'yicha kelishuvni talab qiladi, ayniqsa jamoa tarkibi va murabbiylar shtabi faoliyatiga oid jihatlarda.
Qayd etilishicha, muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, Zidan oldida turgan ilk vazifalardan biri Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabi tashkiliy tuzilmasini qayta shakllantirish, o'z mutaxassislarini jamoaga integratsiya qilish va ish falsafasini o'zgartirish bo'ladi.
Avvalroq OAV Madridning «Real» klubi Zidanni qaytadan jamoaga qaytarish istagida ekani, buning uchun uni Frantsiya terma jamoasi bilan ishlashdan voz kechishga ko'ndirishga urinayotgani haqida xabar qilgan edi.

Bosh sahifaga
310