«Jirona» Ter Shtegen maoshining qancha qismini to'lay olishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 630

Mark-Andre ter Shtegen tez orada "Barselona"ni "Jirona"ga almashtiradi. Germaniyalik tajribali posbon 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga o'tadi.
Cadena SER nashrining xabar berishicha, bu transfer uchun 33 yoshli ter Shtegen maoshining katta qismidan voz kechishiga to'g'ri kelgan. "Jirona" Ter Shtegenga nari borsa 1 million evro to'lay oladi xolos. Bu hozirgi bosqichda klub o'z zimmasiga olishi mumkin bo'lgan maksimum.
Aytish kerakki, "Barselona"ning asosiy posboni hozirda Joan Garsiya bo'lib turibdi, shuning uchun Mark-Andre ter Shtegen mavsumning birinchi qismida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402