Musiala safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1778

"Bavariya" hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala 2025/2026 yilgi mavsumda hali maydonga tushmadi. Uzoq vaqt davomida futbolchi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida olgan jarohatidan keyin tiklanayotgan edi.
Endi esa Musiala maydonga qaytmoqda - "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani 22 yoshli futbolchi "RB Leyptsig"ga qarshi o'ynashi mumkinligini aytdi.
"Agar bugun hammasi reja bo'yicha ketsa, unda u o'yinda ishtirok etishi kerak. Bu Musiala uchun yoqimli va biz uchun foydali," - dedi Kompani juma kungi matbuot anjumanida.
"Bavariya" 17 yanvar, shanba kuni "RB Leyptsig" mehmoni bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
578