"Real" "Bayer" forvarini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496

"Bayer" hujumchisi Kristian Kofane "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Jurnalist Patrik Bergerning yozishicha, madridliklar 19 yoshli kamerunlik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Potentsial transfer qiymati 50 million evrodan oshishi mumkin, chunki "dorishunoslar" o'z futbolchisini arzonroqqa sotishga rozi bo'lmaydi.
Kristian Kofane 2025 yilda besh million evro evaziga "Albasete"dan "Bayer"ga o'tgandi. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yosh hujumchi barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212