"Chelsi" qishki transfer oynasi uchun ustuvor maqsadni belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2496

"Chelsi" qishki transferlar oynasi uchun ustuvor maqsadni belgilab oldi.
The Telegraph nashri jurnalisti Mett Louning ma'lum qilishicha, London klubi yanvar oyidayoq yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun bozorda faollashishga tayyor.
"Ko'klar" rahbariyati buni faqat 2026 yilning yozida amalga oshirishni rejalashtirganiga qaramay, klub xo'jayinlari yaqin vaqt ichida Liam Rosoner jamoasi tarkibini kuchaytirishga tayyor. Qayd etilishicha, avvaliga "Chelsi" yangi himoyachi sotib olishdan oldin bir himoyachini sotishni rejalashtirgan, ammo hozirda klub tarkibga yana bir futbolchini qo'shishga tayyor.
Ayni vaqtda "Chelsi" 21-turdan keyin ochkolarini 31taga etkazib, APL turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
145