Arbeloaning keyingi mavsumda "Real"ga murabbiylik qilish sharti aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

"Real" joriy mavsum yakunlangach, Alvaro Arbeloa qaysi shartga ko'ra klub bosh murabbiyi lavozimida qolishi masalasini hal qildi.
ElDesmarque xabariga ko'ra, 42 yoshli mutaxassis joriy mavsumda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritsagina, keyingi mavsumda "qaymoqranglilar"ni boshqaradi. Arbeloa Ispaniya chempionati yoki Chempionlar Ligasida g'olib chiqishi kerak.
Ayni paytda "Real" La Liga turnir jadvalida 45 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Madrid klubi peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar ligasi umumiy jadvalida "qaymoqranglilar" 12 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147