"Manchester Siti" hujumchisi "Tottenxem"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

Hujumchi Umar Marmush yanvar oyida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko'ra, futbolchini "Tottenxem" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Jamoalar o'rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda. Futbolchining o'zi shu oyda "Manchester Siti"dan ketishga tayyor.
Umar Marmush 2025 yilning yanvarida "Ayntraxt"dan 75 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Marmushni 65 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147