Kanchelskis "Manchester Yunayted" futbolchilarini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis "qizil iblislar"ning hozirgi futbolchilari haqida tanqidiy fikr bildirdi.
"Katta pulni olishadi, ularning bazasi "Xilton"nikidan yaxshiroq. Va hech narsa qila olishmaydi. Chunki ular yonmaydilar! Klubga bor-yo'g'ingni berishing kerak. Ular shuncha pul olishadi-yu, barlarda yurishadi", - deya futbol ekspertining so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress".
Angliya premer-ligasining 21-turidan so'ng mankunianliklar 32 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Mamlakat chempionatining navbatdagi uchrashuvida "qizil iblislar" o'z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi. Derbi 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160