Rasman. "Roma" "Aston Villa" hujumchisi transferini e'lon qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 647

"Roma" hujumchi Doniell Malenni "Aston Villa"dan ijaraga oldi.
Shartnoma 26 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi.
Avvalroq, Italiya klubi niderlandiyalik futbolchining ijarasi uchun 2 million funt to'lashi, sotib olish optsiyasi esa 25 million funt bo'lishi va bu ma'lum shartlar asosida majburiy bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Malen bu mavsumda APLda 21ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160