"Yuventus" Kezadan voz kechishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

"Liverpul" vingeri Federiko Kezaning "Yuventus"ga transferi barbod bo'lishi mumkin. Oyning boshida italiyalik futbolchining Turin klubiga qaytishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, "Liverpul" 28 yoshli futbolchini ijaraga qo'yib yubormoqchi emas - faqat to'laqonli transfer. Shu bilan birga, "qizillar" futbolchi uchun 15 million evro so'ramoqda - "keksa sinora" rahbariyatini bunday narx qoniqtirmaydi.
Kezaning maoshi ham "Yuventus" uchun juda katta, shu bois A Seriya grandi Evropa chempionini o'z safiga qaytarish bo'yicha ishni to'xtatdi. Muzokaralar qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar davom ettiriladimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162