"Manchester Siti" forvardi Marmush boshqa klubga taklif qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435

Hujumchi Omar Marmushning "Manchester Siti"dagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Misrlik futbolchi har doim ham "shaharliklar"ning asosiy tarkibiga kiravermaydi, Antuan Semenoning kelishi bilan esa hujumchining o'yin vaqti yanada kamayishi mumkin.
Transfer News Live nashrining turk OAVlariga tayanib xabar berishicha, Marmush nomzodi "Galatasaroy"ga taklif qilingan. 26 yoshli futbolchi "Manchester Siti"ni butunlay tark etishni istamayapti - u faqat ijara variantlarini ko'rib chiqadi.
Omar Marmushga "Tottenxem" va "Aston Villa" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt saytidagi futbolchining taxminiy narxi - 65 mln evro, uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
130