Rosenor Palmer va Jeymsning ahvoli haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoaning ikki etakchisi - Koul Palmer va Ris Jeymsning hozirgi holati haqidagi savolga javob berdi.
Ikkala futbolchi ham "ko'klar"ning "Charlton" (Angliya Kubogi, 5:1 hisobidagi g'alaba) va "Arsenal"ga (Liga Kubogi, 2:3 hisobidagi mag'lubiyat) qarshi so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yuborgan.
- Palmer bilan Jeyms bugun mashq qilishdi. Faqat ularning ahvolini o'rganib, barcha kerakli muolajalarni qilishimiz kerak. Hozircha aytishim mumkinki, ular "Brentford"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritiladi," - dedi Rosenor matbuot anjumanida.
"Chelsi" va "Brentford" uchrashuvi 17 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160