Semeno "Manchester Siti"ga o'tishdan oldin "Arsenal"ga murojaat qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

"Manchester Siti" vingeri Antuan Semeno Premer-liganing boshqa top-klubiga o'tish haqida o'ylayotgan edi.
"Shaharliklar" 26 yoshli futbolchini yanvar oyi boshida "Bornmut"dan sotib olgan edi. AFCAMDEN xabariga ko'ra, "Manchester Siti"ga o'tishga uzil-kesil rozilik berishdan oldin ganalik "kanonirlar"dan taklif olish umidida "Arsenal"ga murojaat qilgan. London grandi uchun futbolchi "Bornmut"dan ketishni yozgacha kutishga ham tayyor edi, ammo murabbiy Mikel Arteta va sport direktori Andrea Berta kelishuvga qiziqish bildirmadi.
Antuan Semenoning transferi "Manchester Siti"ga 72 mln evroga tushdi. Yulduz yangi o'yinchining kelishuvi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
132