Reshford "Barselona" uchun qurbonlik qilishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

"Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan "Barselona" vingeri Markus Reshford Kataloniyada qolmoqchi.
Ayni damda ingliz taxminan 15 mln evro maosh olmoqda - "ko'k-anorranglilar" unga bunday maosh taklif qila olmaydi. Directo Gol xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi "Barselona" uning transferini muammosiz rasmiylashtirishi uchun maoshining bir qismidan voz kechishga tayyor. Hozircha klublar o'rtasida kelishuvga erishilmagan.
Markus Reshford Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Taxminlarga ko'ra, "Barsa" futbolchini 30 mln evroga sotib olishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
125