"Bavariya" Noyerning taqdirini qachon hal qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etishi mumkin.
Myunxenliklar sardorining shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi va klubda darvozabon qolish-qolmasligini hozircha bilishmayapti. Jurnalistlar Tobi Altsheffl va Kristian Falkning ma'lum qilishicha, Noyerning taqdiri mart oyidagi tanaffusda o'tkaziladigan yig'ilish yakunlariga ko'ra hal bo'ladi. Qaror aprel oyi boshida ommaga e'lon qilinadi.
27 mart kuni Manuel Noyer 40 yoshga to'ladi. Afsonaviy kiper kelasi yozda faoliyatini yakunlashi ham ehtimoldan xoli emas. U joriy mavsum Vensan Kompani jamoasi safida 22 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
137