Noyer: "U men bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jamoadoshi Luis Dias haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
Myunxen grandi kolumbiyalik vingerni o'tgan yilning yozida "Liverpul"dan sotib olgan edi.
"Dias men o'ynagan eng yaxshi o'yinchilardan biri. Ushbu murabbiylar shtabi qo'l ostida ushbu jamoada o'ynash katta zavq bag'ishlaydi. Biz birgamiz - bu eng muhimi," - deya 39 yoshli sardor Noyerning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Luis Dias "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 14 ta gol va 11 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 29 yoshli futbolchining transferi myunxenliklarga 70 mln evroga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186