«Navbahor» safini yana ikki nafar futbolchi tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 961

Ayni vaqtda yurtimizda mavsumlar oralig'idagi tanaffus payti. Shu bois, jamoalar tarkibida o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Albatta, «Navbahor» ham bundan mustasno emas.
O'tgan mavsumda «lochinlar» sharafini himoya qilgan mahoratli futbolchilar - yarim himoyachi Komiljon Tojidinov va hujumchi Asadbek Jo'raboev klubni tark etishdi.
Tojidinov o'tgan mavsumda «Navbahor» tarkibida O'zbekiston Superligasi hamda kubogi o'yinlarida jami 12 ta o'yinda maydonga tushib, 425 daqiqa o'ynagan bo'lsa, Jo'raboev yuqorida keltirilgan ikki musobaqa uchrashuvlarida jami 11 ta o'yinda maydonga tushib, 329 daqiqa to'p tepgan.
«Navbahor» PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258