Foden Semeno "Manchester Siti"ni qanday kuchaytirishi mumkinligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden Antuan Semenoning jamoani qanday kuchliroq qila olishi haqida so'zladi.
"Shaharliklar" 26 yoshli qanot hujumchisini "Bornmut"dan 72 million evroga sotib olishdi. Xosep Gvardiola jamoasidagi dastlabki ikki o'yinda ganalik futbolchi ikkita gol urdi va bir gol uzatmasini berdi.
"Semeno himoyachilar ortiga yugurish usulini afzal ko'radi - menimcha, bizda bunday uslubdagi o'yinchilar kam. Uning harakati past mudofaa bilan o'ynaydigan raqiblarga qarshi juda katta foyda keltirishi mumkin. U darvozaga doimiy xavf soladi, har doim kerakli joyda bo'ladi. Uning jismoniy kuchi, to'pni egallab turish mahorati, ikkala oyog'ini ham yaxshi ishlatishini alohida ta'kidlash lozim. Juda yaxshi futbolchi, hatto o'z xususiyatlari bo'yicha "Manchester Siti" uchun biroz g'ayrioddiy, ammo u bizga haqiqatan ham zarur," - dedi Foden "Men in Blazers" bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
343