Amorim "Manchester Yunayted"dan katta miqdorda tovon puli oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim bilan xayrlashdi. Bu esa klubga o'n to'rt million evroga tushadi, deya aniqlik kiritdi The Sun nashri.
Manbaning yozishicha, Amorim jamoa va "MYu"ning boshqa rasmiylari bilan munosabatlari yaxshi emasligi sababli o'zi ham iste'foga chiqish haqida o'ylagan, ammo uning agenti Raul Koshta mutaxassisni bunday qilmaslikka va klub rahbariyatining o'zi uni ishdan bo'shatishini kutishga ko'ndirgan. Bu Amorimga 12 million funt sterling, ya'ni taxminan 14 million evro tovon puli keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Amorimdan keyin klub boshqaruviga Maykl Kerrik kelgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340