Xoland transferi «Real»ga yarim milliard evroga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

"Real" yozgi transfer oynasida "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Sky Sport Germany.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli norvegiyalik futbolchini Madrid klubi prezidenti Florentino Peres shaxsan o'z safiga qo'shib olmoqchi. Kelishuv "Real"ga bonuslar va maoshlarni hisobga olgan holda 500 million evroga tushishi mumkin.
Xolandning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 200 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237