"Bornmut" braziliyalik iqtidor uchun kurashda "Zenit"ni ortda qoldirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283

"Zenit" endi Rayan Roshani o'z safiga qo'shib ololmasa kerak.
Globo Esporte’ning tasdiqlashicha, peterburgliklar 19 yoshli forvard uchun "Vasko da Gama"ga 31 mln evro taklif qilgan, ammo braziliyaliklarning 50 mln evro ishlab olish istagi tufayli rad javobini olgan.
Endi esa hujumchini "Bornmut" o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. APL klubi "Vasko da Gama"ga 35 mln to'lashga tayyor va futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan.
Shuningdek, Rayan xizmatiga Dortmundning "Borussiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230