Robertson: "Barcha o'rganim qolgan "Liverpul" emasdik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

Angliyaning «Liverpul» klubi himoyachisi Endryu Robertson «Uotford» (0:3) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
— «Uotford» o'yinga tez kirishib ketdi, bizga esa vaqt kerak bo'ldi. Bizda bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, lekin ular kamlik qildi. Muxlislar bizdan bunday o'yinni kutishmagan edi, shu sababli biz kechirim so'rashimiz shart. Barchasi o'z qo'limizda. Hozirgacha mavsum ajoyib o'tdi, lekin biz barcha o'rganib qolgan «Liverpul» bo'la olmadik. O'z maqsadlarimizga erishish uchun avvalgi holatimizga qaytishimiz shart, — dedi Robertson Sky Sports portaliga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252