Rasman. "Atletiko" hujumchisi A Seriyaga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 881

"Atalanta" "Atletiko"dan hujumchi Jakomo Raspadorini sotib olganini e'lon qildi.
25 yoshli futbolchi bergamoliklar safida 18-raqam ostida to'p tepadi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, madridliklar futbolchi uchun 22 million evro oladi, shuningdek, 1 million evro bonus sifatida to'lanishi mumkin.
Avvalroq Raspadori Italiyaning "Sassuolo" va "Napoli" klublarida o'ynagan, ular bilan birgalikda ikki marta A Seriya g'olibi bo'lgan.
"Atalanta" Italiya chempionati-2025/26 20 turida 31 ochko jamg'arib, 7-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324